«Umid»ning umidli yoshlari (№1)

Maktab internatimizda ijodiy faol, intiluvchan o’quvchilar ko’pchilikni tashkil qiladi. Bugundan e`tiboran shunday faol o’quvchilar bilan tanishtirib boramiz.

Norqulov Abdunazar Oqmurod o’g’li 2002 yilning 27-may sanasida Jizzax viloyatining G’allaorol tumanida tug’ilgan. Oilada to’ng’ich farzand. Maktab-internatimizning 7«d» sinfida a’lo baholarga o’qiydi. Rasm chizishdan tashqari ingliz tili, informatika, matematika, tarix fanlarini yaxshi ko’radi. Darslardan bo’sh vaqtlarida she’r yozishni yoqtiradi. 7 yoshidan boshlab she’r yozishni boshlagan.

Onajon

Men bu dunyoda ilk bor,
Sizni ko’rdim onajon
Kaftingizning taftini,
Tuyib ko’rdim onajon.
Ilk qadamimni asta,
Siz tomonga tashladim.
Tilim chiqqanda ilk bor,
Nomingizni so’zladim.
Yozishni o’rgandim va,
Sizga atab she’r yozdim.
Hali ko’p she’r bitaman,
Shoir bo lish niyatim.
Ko’p o’qib men albatta,
Maktab oldi bo’laman.
Men ham bir kun albatta,
Katta odam bo’laman.
Menga bergan mehringiz,
Men albatta oqlayman.
El-yurt oldida men,
Pok nomimni saqlayman.

P.S. Yangilik saytga qo’shilgandan so’ng, xabar vaqti Abdunazarning tug’ilgan kuniga to’g’ri kelib qolganligini bildik. Shu sababli Abdunazarga ijodiy yuksalish va o’qishlarida omad tilab qolamiz, tug’ilgan kuning muborak bo’lsin Abdunazar!

Ўхшаш мавзулар:

Фикрингизни билдиринг

Сизнинг электрон манзилингиз эълон қилинмайди.
* билан белгиланган қаторлар тўлдирилиши шарт.

Расмдаги белгиларни киритинг

*