«Umid»ning umidli yoshlari. (№2)

Хамрокулов АкрамHamroqulov Akram 2001 – yil, 25-sentabrda Samarqand viloyati, Bulung’ur tumanida tug’ilgan. Oilada 5 kishi. Otasi To’ychiyev Akbar – fermer. Onasi To’ychiyeva Feruza Abirqulovna o’qituvchi. Matematika va ingliz tili fanlarini yoqtiradi.

Uning ilk she’rlaridan biri – Bahor she’rini sizlarga havola qilmoqchimiz.


Bahor

Daraxt shoxi gullabdi,
Oq va pushti ranglarda.
Dala-yu qir bezandi,
Yashil, ko’m-ko’k ranglarda.
Arilarning g’iz-g’izi,
She’riy tuyg’u uyg’otar.
Hayolotda go’yoki,
Shirin tuyg’uni otar.

Rang -barand bo’lib olam,
Juda go’zal bo’libdi.
Tog’lardagi lolalar,
Sariq, qizil bo’libdi.

Yomg’irdan keyin chiqib,
Kamalak bizni quchar.
Bahordagi shabada,
Hamma yoqlarga uchar.

Hamma ishga chiqadi,
Dexqon xalqida axir.
Manga qolar izlari,
Bo’lmasin meva taxir.

Baxordagi kamalak
Gullardek shox-shodondir.
Nechun bundoq yaralgan,
Yetti xil rang chunondir.

Olam uyg’onar yana,
Quyosh qizdirib turar.
Qaldirg’och va laylaklar
Chirillab uchib yurar.

Uyg’onadi tabiat,
Turar hamma jonivor.
Olmaxon va quyonlar,
Turadi hamma bahor.

Hamma hayvonlar turib,
Bahor haqida kuylar.
O’rmonlarda yayrashib,
Turli o’yinlar o’ynar.

Bahodirlar bahorda,
Kuch g’ayratga to’lishar.
Sayllarda odamlar,
Xursand shodon bo’lishar!

Ўхшаш мавзулар:

One thought on “«Umid»ning umidli yoshlari. (№2)

Фикрингизни билдиринг

Сизнинг электрон манзилингиз эълон қилинмайди.
* билан белгиланган қаторлар тўлдирилиши шарт.

Расмдаги белгиларни киритинг

*