Abituriyentlar diqqatiga! Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi, nimalarni bilish muhim? - Ta’lim / Образование

Abituriyentlar diqqatiga! Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi, nimalarni bilish muhim?

2026-2027-o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar (10 kun) bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar diqqatiga! Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi, nimalarni bilish muhim?

Abituriyentlar soat nechada borishlari kerak?

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.



Demak, ertalabki smenaga tushganlar soat 06:30 da, peshingi smenadagilar esa 13:30 da test hududida bo’lishlari kerak.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

Qanday hujjatlar kerak?

— Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
— Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qat’iyan taqiqlangan.



Nima olib kirish mumkin?

— shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

— abituriyent ruxsatnomasi;

— oddiy qo‘l soati (elektron smart-soat mumkin emas);

— optik ko‘zoynak (boshqa ko‘zoynaklar mumkin emas);

— pul;

— dastro‘mol;

— kalit;

— sog’lik uchun zarur dorilar.