Akademik lisey ta’lim muassasalariga onlayn ariza topshirish yo‘riqnomasi - Ta’lim / Образование

Akademik lisey ta’lim muassasalariga onlayn ariza topshirish yo‘riqnomasi

Bugun, 10-iyul kuni akademik liseylarga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Bugun akademik liseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni

Umumta’lim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz yoki my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.



Quyida akademik litsey ta’lim muassasalariga onlayn ariza topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

2025/2026-o‘quv yili uchun ham hujjat topshirish jarayonida nomzodlar bir vaqtning o‘zida 3 ta akademik litseyni ustuvorligidan kelib chiqib, belgilash imkoniyati ega. Bu degani, agar nomzod birinchi tanlagan litseyga kira olmasa, navbatdagi ustuvorlikdagi litseyga kirish imkoniyati saqlanib qoladi. Bu juda katta qulaylik!

Kirish imtihonlari iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Imtihon uchun yo‘llanmalarni “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olish mumkin.



Akademik litseylarga qabul jarayoni ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: Ikkita fan bo‘yicha kirish test sinovlari.

2-bosqich: Intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi.

 



Leave a Reply