Ushbu sahifada MMTV huzuridagi Respublika ta’lim markazi taqdim etgan Davlat va huquq asoslari fanidan Olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini o’tkazish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha test savollari 40 ta test topshirig‘idan iborat bo‘lib, bu test topshiriqlarining 30 tasi ochiq va 10 tasi yopiq test topshiriqlaridan tarkib topadi. Test topshiriqlari oddiy, o‘rta va yuqori qiyinlik darajalarida shakllantiriladi. Oddiy qiyinlik darajasidagi savollar 10 ta, o‘rta va yuqori qiyinlik darajalaridagi savollar esa 15 tadan bo‘ladi.
Test topshiriqlarini bajarishga 120 daqiqa (2 akademik soat, ya’ni har bir test uchun 3 daqiqadan) vaqt ajratiladi.
Yopiq test topshiriqlarining “Qisqa javobni talab qiladigan” test topshirig‘i turidan foydalaniladi. Davlat va huquq asoslari fanidan o‘quvchilarning test topshiriqlari natijalari qiyinlik darajasi bo‘yicha tabaqalashgan ball berish tizimi asosida baholanadi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan oddiy qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i 1,3 ball, o‘rta qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i 2,4 ball va yuqori qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i 3,4 ball bilan baholanadi.
Test topshiriqlari quyidagicha baholanadi:
- a) agar belgilangan javob to‘g‘ri javob bo‘lsa, maksimal ball (qiyinlik darajasi bo‘yicha);
- b) agar belgilangan javob noto‘g‘ri bo‘lsa, 0 bal.
“Qisqa javobni talab qiladigan” ochiq test topshiriqlari quyidagicha baholanadi:
- a) agar kiritilgan javob to‘liq to‘g‘ri bo‘lsa, maksimal ball (qiyinlik darajasi bo‘yicha);
- b) agar kiritilgan javob noto‘g‘ri bo‘lsa, 0 ball.
“Qisqa javobni talab qiladigan” yopiq test topshirig‘ining javobi bir yoki bir nechta so‘z, so‘z birikmasi, raqam va tarixiy sana ko‘rinishida beriladi. Umumiy ball 100 ballni tashkil etadi.