Mazkur metodik tavsiyada yakuniy attestatsiya imtihonini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, nazariy savollarni ishlarini baholash bo‘yicha mezonlar keltirilgan. Yakuniy nazorat imtihon bileti umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi Ona tili va adabiyot kurslarining bo‘limlaridagi mavzularini qamrab olgan bo‘lib, savollar darsliklar asosida tuzilgan.
Ona tili va adabiyot
9-sinf
Ona tili va adabiyot fanlaridan o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 10 ta test varianti taqdim etiladi.
Har bir variantning savol va topshiriqlari fan kesimida bo‘lib, umumtaʻlim maktablarining talaffuz va imlo, punktuatsiya, lingvistik tahlil, matnni tushunish,shuningdek, milliy, jahon adabiyoti hamda adabiyot nazariyasi kabi mazmun sohalarni qamrab olgan. Tavsiyada bilish, qo‘llash va mulohaza qilish kognitiv faoliyatlarga oid topshiriqlar bo‘yicha baholash mezonlari keltirilgan.
Har bir variantda o‘quvchiga 10 ta topshiriqli (6 ta ona tili, 4 ta adabiyot) savol beriladi. Topshiriqlarning 3 tasi (2 ta ona tili, 1 ta adabiyot) bilishga, 5 tasi (3 ta ona tili, 2 ta adabiyot) qo‘llashga, 2 tasi (1 ta ona tili va 1 ta adabiyot) mulohazaga oid bo‘ladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi test sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.
Ona tili va adabiyot
11-sinf
Ona tili va adabiyot fanlaridan oʻquvchilarning bilim darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 15 ta test topshirigʻi taqdim etiladi.
1-qism: 13 ta qisqa javobli (9 ta ona tili, 4 ta adabiyot) topshiriqdan tashkil topgan. Bunda javob bitta raqam, bosh harf bilan yozilgan javob koʻrinishida berilishi kerak.
2-qism: Kengaytirilgan javobli 2 ta (1 ta ona tili, 1 ta adabiyot) topshiriqni o‘z ichiga oladi, berilgan topshiriqqa asosli dalillar bilan batafsil hamda ijodiy fikr yuritib, yozma javob beradi.
Har bir variantda o‘quvchiga 15 tadan (10 ta ona tili, 5 ta adabiyot) savol beriladi. Savollarning 3 tasi (2 ta ona tili, 1 ta adabiyot) bilishga, 10 tasi (7 ta ona tili, 3 ta adabiyot) qo‘llashga, 2 tasi (1 ta ona tili, 1 ta adabiyot) mulohazaga oid bo‘ladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.





