Jismoniy tarbiya fanidan imtihon savollari (2026) - Ta’lim / Образование

Jismoniy tarbiya fanidan imtihon savollari (2026)

Mazkur metodik tavsiyada yakuniy attestatsiya imtihonini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Jismoniy tarbiya fanidan imtihon savollari (2026)


Jismoniy tarbiya
9-sinf

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025/2026 – oʻquv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon amaliy shaklda oʻtkaziladi.

9-sinfni tugatgan oʻquvchilar jismoniy tarbiya fanidan taʼlim dasturi boʻyicha standartlar asosida belgilangan kompetensiyalarga ega boʻladilar.



Har bir imtihon biletining topshiriqlari jismoniy tarbiya fani boʻyicha 5-9 – sinflar mavzularini qamrab olgan. Shuningdek, tavsiyada topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.

Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 10 ta bilet (5 ta qiz bolalar uchun, 5 ta oʻgʻil bolalar uchun) taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 3 tadan (1ta yengil atletika,1 ta gimnastika va 1 ta sport oʻyinlari) amaliy topshiriq beriladi.

Bilet topshiriqlarini amaliy bajarib berish vaqti, biletning oʻzida koʻrsatilgan. Berilgan topshiriqlardan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, ishchi guruh tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan 2 ta variant tuzilib, eʻlon qilinadi.