Tanlov fanlari boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish tartibi - Ta’lim / Образование

Tanlov fanlari boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish tartibi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun imtihon topshirish tartibi va shakllari belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.

Tanlov fanlari boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish tartibi

Bir sinfda oʻquvchilarning ixtiyoridan kelib chiqib bir nechta fan tanlanishi mumkin ammo har bir oʻquvchi faqat 2 ta (Matematika (Chuqurlashtirilgan) variantini tanlagan oʻquvchilar uchun 1 ta) fandan imtihonda ishtirok etadi.

Tanlov fanlaridan imtihonlar joriy yilning 12-iyun 1-fandan, 15-iyun sanasida 2-fandan oʻtkaziladi.



Fizika fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilarini fizika fanidan bilim darajasini aniqlash maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 ta topshiriq taqdim etiladi. Savollarning 5 tasi bilishga, 13 tasi qoʻllashga, 2 tasi mulohazaga doir.

Variant topshiriqlarini bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.



Kimyo fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari uchun kimyo fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 topshiriq taqdim etiladi.

Variantda oʻquvchiga 20 ta (9 ta umumiy kimyo, 7 ta organik kimyo, 3 ta anorganik kimyo va 1 ta laboratoriya mashgʻulotlari) savol beriladi. Savollarning 5 tasi bilishga, 12 tasi qoʻllashga, 3 tasi mulohazaga oid boʻladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.



Biologiya fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilarini biologiya bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini aniqlash maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 ta topshiriq taqdim etiladi.

Variantda oʻquvchiga 20 ta (2 ta tirik tizimlar va ularni oʻrganish, 3 ta hujayra biologik tizim, 3 ta organizm biologik tizim, 3 ta organik olam tizimlari va xilma-xilligi, 3 ta inson va uning salomatligi, 3 ta tirik tabiat evolyutsiyasi (yerda hayotning rivojlanishi) va 3 ta ekosistemalar va ularga xos qonuniyatlar) savol beriladi. Savollarning 5 tasi bilishga, 12 tasi qoʻllashga, 3 tasi mulohazaga oid boʻladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.



Geografiya fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.

Oʻquvchilari uchun geografiya fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 test topshirigʻi taqdim etiladi.

Variantda oʻquvchiga 20 ta (3 ta geografiyaning boshlangʻich kursi, 3 ta materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, 3 ta Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi, 3 ta Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, 5 ta jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi va 3 ta geografik masalalar va topshiriqlar) savol beriladi. Savollarning 5 tasi bilishga, 12 tasi qoʻllashga, 3 tasi mulohazaga oid boʻladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.



Davlat huquq asoslari fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi.

Har bir imtihon variantining savol va topshiriqlari davlat va huquq asoslari fani boʻyicha umumiy oʻrta taʼlimning 8-11-sinflar mavzularini qamrab olgan.

Oʻquvchilari uchun davlat va huquq asoslari fani bilish darajasini aniqlash boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 20 ta topshiriq taqdim etiladi.

Variant 20 ta topshiriqdan iborat boʻlib, ularning 5 tasi bilish, 14 tasi qoʻllash, 1 tasi mulohaza koʻnikmalarini baholaydi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun 180 daqiqa vaqt berilgan.



Chet tili fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

Umumtaʼlim maktablarning 11-sinf oʼquvchilarning olgan bilim, koʼnikma va malakalarini aniqlash uchun 2025-2026-oʼquv yilida uchun chet tili fanidan yakuniy nazorat imtihoni tinglab tushunish, oʻqib tushunish, yozish, nutq koʻnikmasini aniqlash yuzasidan oʻtkaziladi.

Xorijiy til fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovida jami 32 ta topshiriq taqdim etiladi. Topshiriqlar tinglab tushunish, oʼqib tushunish, til shakllari (grammatika va leksika), yozma va ogʼzaki nutq koʼnikmalarini qamrab oladi.

Imtihon ikki qismdan iborat:

  • Yozma qism — tinglab tushunish, oʼqib tushunish, til shakllari va yozma nutq boʼlimlarini oʻz ichiga olib, 90 daqiqa davomida oʼtkaziladi.
  • Ogʼzaki qism — alohida oʼtkaziladi va 10 daqiqa faol nutqni oʼz ichiga oladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun jami 100 daqiqa vaqt ajratiladi.