Ushbu sahifada o‘quvchilar yakuniy davlat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun jismoniy tarbiya fanidan mashqlar texnikasi, amaliy topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishlari yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqishlari mumkin.
Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-oʻquv yilida 9-sinflarda yakuniy imtihon amaliy shaklda oʻtkaziladi.
Oʻquvchilarning jismoniy tarbiya fanidan amaliy topshiriqlarni bajarishlari 100 ballik tizim asosida:
0 – 29% – “qoniqarsiz”;
30–65% – “qoniqarli”;
66–85% – “yaxshi”;
86–100% – “aʻlo” baho kabi baholanadi
Turnikda tortilish texnikasi
Turnikda osilgan holatda turib, yengil yuqoriga siltanamiz. Yuqoridan tushganimizda shunday nuqtani tanlashimiz kerakki gavdamiz oldinroqda tursin va darxol yuqoriga tortilamiz. Siltanish vaqtida oyoqlar bir biriga tegib, tizza bukilmagan holda bo‘lishi zarur.
Pastda osilib turganimizda nafas olamiz, yuqoriga chiqqanimizda nafas chiqaramiz. Turnikda tortilganimizda bosh barmog‘imiz turnikni O shaklida ushlashimiz zarur. Turnikka osilganimizda qo‘limiz yuqorida yelka kengligida bo‘lishi kerak. Tortilganda iyagimiz turnikdan yuqoriga chiqib, ko‘kragimiz tepa qismi turnikka to‘g’ri kelishi kerak. Tortinib pastga tushganimizda belimiz muskullari ortiqcha yuklama olmasligi uchun qo‘limizni oxirigacha yozishimiz kerak.
Otdan tayanib sakrash texnikasi
Otdan sakrash oyoqlar bilan orqaga dastlabki siltanishsiz bajariladi. Shuning uchun o‘rgatishning boshlang‘ich davrida ko‘prikni 30-40 sm masofaga qo‘yish maqsadga muvofiq.
Ko‘prikdan oyoqlarda depsingandan so‘ng qo‘llar bilan tayanchga cho‘zilish lozim, qo‘llarni unga qo‘yib, tos-son bo‘g‘imlari bukilib, oyoqlar ochiladi, itarilgan paytda yozilib, qo‘nish bajariladi. Qo‘llarda itarilish, yelkalar qo‘llardan o‘tishi bilan yakunlanishi kerak. Qo‘llar bilan itarilgandan keyingi tana bukilishi, yelkalarning yuqoriga ko‘tarilishi, tana bukilish va boshning ko‘tarilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Arqonga tirmashib chiqish texnikasi
Vertikal arqonda aralash osililib tirmashib chiqishning asosiy 2 usuli mavjud: bukilgan qo‘llarda tirmashib chiqish, arqonni oyoqqa ilib, oyoqqa tirmashib chiqish.
Arqonni oyoqqa sirtmoq shaklida o‘rab, tirmashib chiqish. Xotin-qizlar va o‘rta maktab yoshidagi bolalarning mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi. Chunki yuklama faqatgina qo‘l va yelka kamari muskullariga tushmasdan, oyoq muskullariga ham tushadi. Arqonning qattiqligi va yo‘g‘onligiga qarab, arqon oyoqlar bilan birma-bir oyoqning taqimi va ikkinchi oyoqning tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi.
Birinchi usul. Qo‘llarni to‘g‘rilab (depsinib), qo‘llarni almashtirib arqonning yuqorisidan ushlanadi, ya’ni to‘g‘ri qo‘llarga osilish holatiga o‘tiladi. Tirmashib chiqishning bu usuli harakat muvofiqligi bo‘yicha uncha murakkab emas. Biroq, unda qo‘l va yelka kamariga yuklama ortiqroq tushadi. Yetarli darajada jismoniy kuchga ega bo‘lganlar tirmashib chiqishning bu usulini biroz shug‘ullangandayoq o‘zlashtirib oladilar.
Brus mashqlarini bajarish texnikasi
Avvolom bor brusda mashq bajarishda extiyotkor bo‘lib, sheriklar yoki o‘qituvchi yordamida sakrashga harakat qilish kerak.
Biz brus yogochlarini mahkam ushlaymiz, tanamiz vertikal tekis holatida, bo’yin, bel va oyoqlarimiz bir biriga tekkan, tizzalar bukilmagan bir xil chiziqda bolishiga etibor berishimiz zarur. Elkamizni pastga tushiramiz. Nafas olayotganda tanani pastki nuqtaga engil tushiramiz, tirsaklarimizni 90 daraja burchakka egamiz. Nafas olayotganda qo’llaringizni cho’zing, tanangizni yuqori nuqtaga ko’taring. Biz oyoqlarning chayqalishini va chayqalishini bartaraf etishga harakat qilamiz.Jismoniy mashqlar paytida to’g’ri nafas olishni kuzatib boring.
Muvozanatni saqlash mashqlari texnikasi
Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og’irlik marka-zining tayanch maydoni ustida joylashishidir. Tayanch maydoni qanchalik katta bo’isa, muvozanat shunchalik turg‘un bo‘ladi. Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta. ahamiyatga ega, chunki ularni bajarayotganda bel hamda butun gavda mushaklarining faoliyati ancha ortadi.
Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda (gimnastika o‘rindig‘i, yakka xoda), turgan joyda va harakatda bajariladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida maxsus muvozanat saqlash mashqlari ko‘pincha balandroq tayanch joyda bajariladi.
Turgan joyda bajariladigan mashqlarga: kichik tayanchda oyoq uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo‘l, oyoq, gavda harakatlari bilan bajariladigan mashqlar (masalan, bir oyoqda), shuningdek, ikki oyoqda burilishlar, sakrab burihshlar, bir va ikki oyoqda o‘tirishlar kiradi.
Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan balandroq holatga o‘tish va teskarisi – balandroq holatdan pastroq holatga (shu juinladan, yotish holatiga ham) o‘tish, o‘tirgan holatdan siltanib o‘tish mashqlari bajarilishi mumkin.
Harakatda bajariladigan mashqlarga quyidagilar: yurishning barcha turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, yelka bilan oldinga yurish, ko’zlarni yumib engashib yoki boshni burib yurish), yugurish va raqs qadamlari bilan harakat qilish kiradi. Ushbu mashqlar guruhining ko‘proq qismini qo‘l va gav-daning qo’shimcha harakatlari, to‘xtash, engashish, burilish va h.k.lar bilan yurish tashkil qiladi.
60 metrga yugurish texnikasi
Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasi