Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-2025 o‘quv yili bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma xati yuborildi.
Ushbu ko‘rsatma xatda:
— yakuniy imtihon o‘tkazilish tartibi;
— qaysi fanlardan imtihon topshirilishi;
— imtihon bo‘lib o‘tadigan sanalar;
— imtihon uchun qancha vaqt ajratilishi ko‘rsatilgan.
9- va 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari
uchun belgilangan fanlar va imtihonlarni boʻlib oʻtish
tartibi va sanalari
9-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:
1. Ona tili va adabiyoti — yozma (27.05.2024)
2. Matematika — yozma (30.05.2025)
3. Oʻzbekiston tarixi — yozma va ogʻzaki (03.06.2025)
4. Jismoniy tarbiya — amaliy (01-06.05.2025)
11-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:
1. Ona tili va adabiyoti — yozma (28.05.2025)
2. Matematika (asosiy va chuqurlashtirilgan) — yozma (31.05.2025)
3. Oʻzbekiston tarixi — yozma (04.06.2025)
11-sinf oʻquvchilari uchun tanlov fanlari:
Qoraqalpoq tili va adabiyoti / Rus tili va adabiyoti / Qozoq tili va adabiyoti / Qirgʻiz tili va adabiyoti / Tojik tili va adabiyoti / Turkman tili va adabiyoti; Fizika; Kimyo; Biologiya; Geografiya; Davlat va huquq asoslari; Chet tili — yozma (07.06.2025 – 10.06.2025)
11-sinf bitiruvchilari 3 ta majburiy va 2 ta (Matematika (Chuqurlashtirilgan) variantini tanlagan oʻquvchilar uchun 1 ta) tanlov fanlaridan imtihonlar topshiradi.
* Matematika fanidan 11-sinf bitiruvchilari berilgan 2 ta variantdan birini tanlashlari mumkin.
Bunda:
Matematika (Asosiy): Umumtaʼlim dasturidagi asosiy bilim va koʻnikmalar baholanadi.
Matematika (Chuqurlashtirilgan): Umumtaʼlim dasturidagi сhuqurlashtirilgan bilim va koʻnikmalar baholanadi.
11-sinfda oʻquvchining ixtiyoriga koʻra tanlov fanlar yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan bir oy oldin uning arizasiga koʻra tanlanadi;
Berilgan topshiriqlardan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, ishchi guruh tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan 2 ta variant tuzilib, eʼlon qilinadi.
Qoʻshimcha eslatma:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalari oʻzining taʼlim yoʻnalishi, oʻquv jarayonining xususiyatlari hamda ichki tartib-qoidalaridan kelib chiqib, yakuniy davlat attestatsiyasi imtihon sanalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.