Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida choraklik, yillik, yakuniy baholar elektron jurnalga qanday qo‘yiladi? Sahifada ushbu savollarga javob berishga harakat qildik.
Choraklik, yarim yillik, yillik, imtihon va natija baholarni qo‘yish tartibi (rasm):
1-9 sinflar uchun
0,5-1 soatli darslar uchun (imtihonsiz holatda)
- 1 chorak katagiga OZ belgisi qo‘yiladi;
- 2 chorak katagiga 1 va 2 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- 3 chorak katagiga OZ belgisi qo‘yiladi;
- 4 chorak katagiga 3 va 4 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- Yillik katagiga 2 va 4 chorak baholarining o‘rtacha qiymati, ya’ni Yillik baho qo‘yiladi;
- Natija katagiga Yillik ustunidagi baho ko‘chiriladi.
1-9 sinflar uchun
2 va undan ortiq darslar uchun (imtihonsiz holatda)
- 1 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 2 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 3 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 4 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- Yillik katagiga 1-4 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- Natija katagiga Yillik ustunidagi baho ko‘chiriladi.
10-11 sinflar uchun
0,5-1 soatli darslar uchun (imtihonsiz holatda)
- 1 chorak katagiga OZ belgisi qo‘yiladi;
- 2 chorak katagiga 1 va 2 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- 1 yarim yillik katagiga 2 chorak ustunidagi baho ko‘chiriladi;
- 3 chorak katagiga OZ belgisi qo‘yiladi;
- 4 chorak katagiga 3 va 4 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- 2 yarim yillik katagiga 4 chorak ustunidagi baho ko‘chiriladi;
- Yillik katagiga 1 va 2 yarim yillikning o‘rtacha qiymati qo‘yiladi ;
- Natija katagiga Yillik ustunidagi baho ko‘chiriladi.
10-11 sinflar uchun
2 va undan ortiq darslar uchun (imtihonsiz holatda)
- 1 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 2 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 1 yarim yillik katagiga 1 va 2 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- 3 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 4 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 2 yarim yillik katagiga 3 va 4 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- Yillik katagiga 1 va 2 yarim yillikning o‘rtacha qiymati qo‘yiladi ;
- Natija katagiga Yillik ustunidagi baho ko‘chiriladi.
9 синф учун (имтиҳон бўлса)
- 1 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 2 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 3 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 4 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- Yillik katagiga 1-4 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- Imtihon katagiga imtihon bahosi qo‘yiladi;
- Natija katagiga Yillik va imtihon bahosining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi..
11 sinf uchun (imtihon bo‘lsa)
- 1 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 2 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 1 yarim yillik katagiga 1 va 2 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- 3 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 4 chorak katagiga o‘rtacha choraklik baho qo‘yiladi;
- 2 yarim yillik katagiga 3 va 4 chorak baholarining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi;
- Yillik katagiga 1 va 2 yarim yillikning o‘rtacha qiymati qo‘yiladi ;
- Imtihon katagiga imtihon bahosi qo‘yiladi;
- Natija katagiga Yillik va imtihon bahosining o‘rtacha qiymati qo‘yiladi.
Muhim eslatma: Agar fan bo‘yicha imtihonlar bo‘lmasa, “Imtihon” ustunini bo‘sh qoldiring. Arxivlash uchun hisobot jurnalining bosma versiyasida bo‘sh ustun avtomatik ravishda “Х” belgisi bilan to‘ldiriladi.
Jurnalning chop etilgan versiyasida “Imtihon” ustuni avtomatik ravishda “X” bilan to‘ldirilishi uchun imtihon ustunida fan bo‘yicha butun sinf uchun 1 ta ham belgi bo‘lmasligi kerak.
1 sinf 1 va 2 chorak barcha fanlardan agar foydalanuvchi shaxsiy kabinetidagi sOZlamalar lotin alifbosida bo‘lsa OZ, rus tilida bo‘lsa OSV belgisi qo‘yiladi. Barcha sinflarga “Sinf soati” ustuniga barcha chorakliklarga OZ belgisi qo‘yiladi.