Maktab o‘qituvchisi faoliyatida kasb standartini qo‘llash (metodik qo‘llanma) - Ta’lim / Образование

Maktab o‘qituvchisi faoliyatida kasb standartini qo‘llash (metodik qo‘llanma)

Ushbu sahifada o‘qituvchi va uslubchilarga mo‘ljallangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi faoliyatida kasb standartini qo‘llash” qo‘llanmasini yuklab olishingiz mumkin. Qo‘llanma UNISЕF xalqaro bolalar jamgarmasining ko‘magi asosida ishlab chiqilgan va nashr etilgan.

Maktab o‘qituvchisi faoliyatida kasb standartini qo‘llash

O‘zbekistonda o‘qituvchining kasbiy standarti Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini urganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti ishchi guruxi tomonidan O‘zbekistondagi BMTning Bolalar fondi (UNISЕF) ko‘magida ishlab chiqildi. Standartni ishlab chiqishda turli mamlakatlar tajribasi o‘rganildi va xalqaro ekspertlar jalb qilindi, ta’lim sohasidagi mutaxassislar o‘rtasida keng muhokamalar va amaliy pedagoglar bilan maslaxatlar o‘tkazildi.



Kasbiy standart zamonaviy o‘qituvchining kompetensiyalarini shakllantirishda zarur bo‘lgan bilimlar, kunikmalar va shaxsiy hislatlar to‘plamini aks ettiruvchi va belgilovchi ma’lum doiradagi hujjat hisoblanadi. Standartda sifatli o‘qitishni va shunga mos ravishda o‘quvchilarning yuqori ta’lim natijalar erishishini ta’minlashga imkon beruvchi o‘qituvchining samarali faoliyati ko‘rsatkichlari belgilangan.

Ta’limda faol usullar — o‘qitish usullarining bu guruxi o‘qitish jarayonida o‘quvchining faolligi o‘qituvchining faolligidan yuqoriroqligi bilan ta’riflanadi. O‘quv jarayonida faollashtirish usullaridan foydalanish, egallagan bilimlarni chuqurlashtirishga va malakalarni shakllantirishga ko‘maklashadi.



Ta’limda interfaol usullar — o‘qitishning bu gurux usullari o‘quvchilarning ta’lim jarayonida vazifalarni bajarish va muammolarni yechish paytida ham o‘qituvchi, ham o‘zaro muloqot qilishi bilan tavsiflanadi.