Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi (Video) - Ta’lim / Образование

Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi (Video)

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida choraklik, yillik, yakuniy baholar elektron jurnalga qanday qo‘yiladi? Emaktab.uz jamoasi ushbu savollarga javob berdi.


Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi (Video)

4-chorak oxirida jurnallarni “yopish” tartibini bajarish uchun:

Har bir sinfdagi barcha fanlar uchun chorak baholarni kiriting. 4-chorak uchun barcha o‘quvchilarning barcha fanlardan baholari borligiga ishonch hosil qiling. Tegishli jurnal ustuniga baholarni kiriting.

Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi


Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi (Video)


Agar fan bo’yicha imtihon o’tkazilgan bo’lsa:

Har bir o’quvchi uchun “Imtihon” ustuniga u olgan imtihon bahosini kiriting.

Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi

MUHIM! Agar fan bo’yicha imtihon o’tkazilmasa, “Imtihon” ustuni to’ldirilmaydi. Jurnalni arxivga topshirish uchun chop etishda ushbu ustun avtomatik ravishda “X” belgisi bilan belgilanadi.



Yillik baholarni kiritish:

Har bir o‘quvchi uchun har bir fan bo‘yicha yillik bahoni uning yil davomida olgan barcha choraklik baholarining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi sifatida (4-chorakni ham hisobga olgan holda) hisoblang. Yillik bahoni tegishli jurnal ustuniga kiriting.

Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi



“Natija” ustunida yillik va imtihon ballarining o’rtacha bahosi chiqariladi:

Har bir o’quvchi uchun yillik va imtihon ballari o’rtasidagi arifmetik o’rtacha qiymatni hisoblang. Baholarni “Natija” ustuniga kiriting.

Choraklik, yillik, yakuniy baholarni elektron jurnalga qo‘yish tartibi