Ushbu sahifada emaktab jamoasi tomonidan tayyorlangan sinflarni keyingi o‘quv yiliga o‘tkazish yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
To‘qqizinchi sinflarni chiqarish va o‘ninchi sinfga o‘tkazish
9-sinflar bitiruv sinflari bo‘lgani va o‘quvchilar umumta’lim attestati olgani uchun, sinf chiqarilishi lozim.
Sinfni chiqarish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
— «Ma’muriyat» – «Sinflar ro‘yxati» bo‘limiga o‘ting;
— kerakli o‘quv yili va sinfini tanlang;
— ekranning o‘ng tomonida «Sinfni chiqarish» tugmasini bosing;
— bitirish sanasi, qaror turi va raqamini ko‘rsating;
— har bir o‘quvchining to‘liq ismi yonida attestat haqida ma’lumotlarini ko‘rsating;
— «Chiqarish» tugmasini bosing.
Eslatma: bu harakatlar 11-sinfni chiqarish uchun ham tegishli.
Maktabni tark etmagan va 10-sinfda o‘qishni davom ettirayotgan o‘quvchilar ro‘yxati bilan buyruq chiqarilgandan so‘ng quyidagilarni bajarish kerak:
— «Ma’muriyat» – «Sinflar ro‘yxati» bo‘limiga o‘ting;
— yangi o‘quv yilini tanlang va yangi 10-sinfni yarating;
— chiqarilgan 9-sinfning sozlamalarida «O‘quvchilar: sinfda bo‘lganlar» sahifasiga o‘ting;
— ro‘yxatdagi birinchi kerakli o‘quvchini tanlang;
— ekranning o‘ng tomonida «Tiklash» tugmasini bosing;
— o‘qish yilini, tiklash turini «Haqiqiy» deb tanlang va 10-sinfga a’zolik boshlanish sanasini ko‘rsating.
—10-sinfga qaytgan har bir o‘quvchi uchun tepadagi harakatlarni takrorlang.
Sinfni «Arxiv»ga o‘tkazish
Sinfni «Arxivga» ko‘chirish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:
— «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
— ekranning o‘ng tomonidagi «Maktabdan chiqarish» yoki «Arxivga o‘tkazish» havolasini bosing.
Agar sinf xatolik tufayli maktabdan chiqarilgan bo‘lsa, uni tiklash mumkin. Sinf profilini tiklash uchun quyidagilar zarur:
— «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
— «Sinf sozlamalari» rejimida ekranning o‘ng tomonidagi «Arxivdan tiklash» havolasini bosing;
— tiklashni tasdiqlang.
Sinfni «Arxiv» ga o‘tkazganda barcha ishtirokchilar ta’lim muassasasi profilidan chiqariladi. O‘quvchilarni ta’lim muassasasiga faqat bittadan alohida qayta tiklash mumkin.
Sinfni o‘chirish
Sinf profilini o‘chirish uchun quyidagilar kerak:
— «Ko‘rib chiqish» yorlig‘ini oching;
— ekranning o‘ng tomonidagi «O‘chirish» havolasini bosing;
— o‘chirishni «Ha, yo‘q qilish» tugmasini bosib tasdiqlang.
Eslatma: sinfni biron bir ma’lumot (o‘quvchilar, dars jadvali, uy vazifasi va baholar) bilan bog‘liq bo‘lmagan taqdirda yo‘q qilish mumkin.