Emaktab tizimida sinf rahbarining qanday huquqlari bor? - Ta’lim / Образование

Emaktab tizimida sinf rahbarining qanday huquqlari bor?

Emaktab tizimida sinf rahbari va kuratorning qanday huquqlari bor? Sinf rahbari qanday ishlarni amalga oshirishi mumkin? Ushbu sahifada ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz.


kundalik.com-yoriqnoma

Emaktab.uz saytida sinf rahbari / kuratori tomonidan tayinlangan xodim quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:

  • o‘z sinf / guruhi o‘quvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini tahrirlashga kirish;
  • o‘z sinf / guruhi o‘quvchilari uchun oilaviy aloqalarni yaratish va tahrirlash imkoniyati;
  • o‘z sinf / guruhining barcha a’zolari uchun tizimga kirish huquqini tiklash imkoniyati;
  • dars sahifasida va bir kunlik jurnalda o‘z sinfi uchun davomat belgilarni tahrirlash huquqiga ega.


Sinf rahbari tomonidan o‘quvchi va ota-onalarga login
va parol berish tartibi


Sinf rahbari / kuratori quyidagi huquqlarga ega emas:

  • dars jadvallari sxemasini tuzish;
  • dars jadvallarini tahrirlash va o‘chirish;
  • barcha sinf jurnallarida baholarni belgilash, tahrirlash va o‘chirish;
  • o‘quvchilarni ko‘chirish va chiqarib yuborish.


📌Sinf rahbari / kuratori dars jadvalida o‘qituvchi etib tayinlangan darslar uchungina  baho belgilashi mumkin.

Sinf rahbari / kuratoriga xamma  jurnallarni tahrirlashi uchun unga “UV va baholash” blokiga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lgan muharrir maqomi berilishi mumkin. Bunday holda, xodim o‘qituvchi etib tayinlanmagan darslar uchun ham baholar va davomat belgilarini kiritishi mumkin.

manba



Leave a Reply