eMaktab platformasida onlayn-mashqlar paydo bo‘ldi - Ta’lim / Образование

eMaktab platformasida onlayn-mashqlar paydo bo‘ldi

Zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rishda yangi imkoniyatlar ochmoqda.

kundalik.com-yoriqnoma

eMaktab.Smart platformasida o’yinga o’xshatilgan onlayn-mashqlar yordamida kirish imtihonlariga tayyorlikni tekshiruvchi noyob imkoniyat yaratildi.


Real savollarga asoslangan test jarayoni

Onlayn-mashqlar Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tomonidan taqdim etilgan rasmiy real imtihon savollariga asoslangan.

eMaktab – hech qanday cheklovlarsiz sinov testlarini taklif qiladigan yagona rasmiy manbadir. Endilikda har bir o‘quvchi o‘z bilimi va tayyorgarlik darajasini tekshirib ko‘rishi mumkin.



Onlayn-mashqlarning asosiy afzalliklaridan biri bu testlarni bir necha marotaba bajarish mumkinligi. Bu esa o‘quvchilar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratdi:

— test sinov mexanizmini anglash;
— haqiqiy imtihondan o‘tish uchun zarur bo‘lgan taxminiy vaqtni bilib olish;
— imtihon oldidan hayajonni kamaytirish;
— o‘quv yurtiga kirish imkoniyatini oshirish.



Testlar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida taqdim etiladi.

Loyiha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda yaratilgan, bu uning sifati va taʼlim standartlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Onlayn-mashqlar oldingi yillardagi test savollariga va eksklyuziv tarzda 2024-yil savollariga asoslangan.



Tayyorgarlikni qanday boshlash kerak?

Tayyorgarlikni boshlash uchun smart.emaktab.uz saytiga o‘tish, eMaktab foydalanuvchi nomi va parol yordamida tizimga kirish, kurslar bo‘limiga o‘tish va kerakli mashqni xarid qilish.

Onlayn-mashqlar bilan ishlash haqidagi batafsil ma’lumotni video ko‘rsatmalar yordamida ko‘rish mumkin:


Mashqlar haqidagi savollarga qanday kirish mumkin


Onlayn-mashqlarni ochish uchun 6 qadam


Faqatgina eMaktabda! 2024-yil uchun ta’lim muassasalariga kirish test savollari