11-sinfda geografiya fani o‘tilmasa, imtihon bahosini qanday kiritish mumkin? Emaktab jamoasi ushbu savolga javob berish maqsadida qo‘llanmani e’lon qildi.
Elektron jurnalda 11-sinf uchun geografiya fanidan imtihon bahosini kiritish, o‘zlashtirish va imtihonlardan o‘tish bo‘yicha hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash uchun qo‘yidagilar amalga oshiriladi:
11-sinf dars jadvaliga 1 ta geografiya darsi qo‘shing
1. “Ta’lim – Dars jadvali” bo‘limiga o‘ting.
2. Kerakli 11-sinfni tanlang.
3. 4-chorakni oching va “Butun davr uchun dars jadvali” tugmasini bosing.
4. Imtihon sanasiga (masalan, 25-may) 1 ta geografiya darsi qo‘shing.
Dars qo‘shilgandan so‘ng:
5. “Ta’lim – Jurnallar” bo‘limiga o‘ting.
6. Qo‘shilgan darsdan so‘ng paydo bo‘lgan “Geografiya” fani jurnalini toping.
7. “Imtihon” ustunida uch nuqtani bosing va har bir o‘quvchi uchun imtihon ballarini kiriting.
8. Shu ustunda ballar asosida 5 ballik tizimga muvofiq imtihon bahosini kiriting.
Chorak va yillik qiymatlarni belgilang:
9. “4-chorak” va “Yil” ustunlariga “OZ” (ozod qilingan) deb belgilang.
Bu tizimda fan 11-sinfda o‘qitilmagan, ammo imtihon o‘tkazilgan va baholanganini to‘g‘ri aks ettirish uchun zarur.
❗️Izoh:
Imtihon bahosi jurnalga saqlanadi va hisobotlarda inobatga olinadi.
Attestatlar eMaktab tizimida shakllantirilmaydi, shuning uchun maktablar mustaqil ravishda 10-sinfdagi yakuniy bahoni attestat uchun foydalanadilar.