Ustama hujjati uchun o‘quvchilarning o‘rtacha bali qanday olinadi? - Ta’lim / Образование

Ustama hujjati uchun o‘quvchilarning o‘rtacha bali qanday olinadi?

Ustama hujjati uchun o‘quvchilarning o‘rtacha bali qanday olinadi? Elektron jurnalda o‘quvchilarning o‘rtacha ballini hisobot shaklda yuklab olish ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz.

Ustama hujjati uchun o‘quvchilarning o‘rtacha balli qanday olinadi?



1. eMaktab.uz tizimidan “Hisobotlar” bo‘limiga kiriladi.

2. Chap tarafda “Fan bo‘yicha o’qituvchiga” bo‘limiga o‘tiladi.

3. O‘quv yili, fan, o‘qituvchi va “Yil davomida” tanlanadi hamda “Hisobot qurish” tugmasi bosiladi.

4. Siz tanlagan o‘qituvchi va fani bo‘yicha o‘rtacha ballar hisoboti chiqadi. Yuqorida “Yuklab olish” tugmasini bosasiz va elektron holatda sizga tayyor qilib beradi.

Ketma-ketlik to‘g‘ri bajarilsa, quyidagi rasmdagidek ko‘rinish yuzaga keladi:

Ustama hujjati uchun o‘quvchilarning o‘rtacha balli qanday olinadi?