Bugun, 25-dekabr kuni 10-sinf o‘quvchilari uchun CHSB-2 sinovlari qayta o‘tkaziladi. Qayta topshirish uchun 3-variant mavjud.
Qayta topshirish kimlar uchun ruxsat etiladi?
Qayta topshirish barcha sinf o‘quvchilari uchun quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
1️⃣ 0 dan 12 ballgacha olgan o‘quvchilar
– Qoniqarsiz natijani yaxshilash maqsadida qayta topshirishga ruxsat beriladi.
2️⃣ Sababli yoki texnik sabablarga ko‘ra CHSBni o‘tkazib yuborgan o‘quvchilar
– Tegishli tasdiqlovchi hujjatlar (spravka, akt va h.k.) mavjud bo‘lishi kerak.
3️⃣ Sababsiz CHSBni o‘tkazib yuborgan o‘quvchilar
– Sababsizlik holati aktda qayd etiladi.
– Maksimal ball: 26 ballgacha.
CHSB-2 ni tezkor qidirish uchun sinf jurnaliga o‘ting, kerakli ishni tanlang va Berish tugmasini bosing – Havola
10-sinf uchun quyidagi ishlar tayyorlandi:
Ta’lim o‘zbek va qoraqalpoq tilida olib boriladigan sinflar uchun Kimyo:
Kimyo_10_sinf_ORIGINAL_3_variant – 08:00 dan 18:00 gacha
Ta’lim o‘zbek va qoraqalpoq tilida olib boriladigan sinflar uchun Algebra:
Algebra_10_sinf_ORIGINAL_3_variant – 08:00 dan 18:00 gacha
❗️Topshiriqni faqat ushbu fan boʻyicha shu sinfda dars beradigan fan oʻqituvchisi tomonidan berilishi mumkin va administrator vazifa berish huquqiga ega bo‘lmaydi;
📹 Yo‘riqnoma: BSB/CHSBni sinf jurnali orqali berish
📹 Yo‘riqnoma: Jurnalda o‘tkazilgan CHSB vazifalari uchun baholarni qanday ko‘rish va qo‘yish mumkin?
📹 Yo‘riqnoma: Raqamli CHSB ni yechish
❓Qo’shimcha savollar uchun Telegram-bot mavjud:
https://t.me/emaktabuz_bot





