Malaka oshirishga ketgan xodimning darsi boshqa o‘qituvchiga yuklatilganda, qo‘shimcha haq to‘lanadimi? - Ta’lim / Образование

Malaka oshirishga ketgan xodimning darsi boshqa o‘qituvchiga yuklatilganda, qo‘shimcha haq to‘lanadimi?

Malaka oshirishga ketgan xodimning darsi boshqa o‘qituvchiga yuklatilganda, qo‘shimcha haq to‘lanadimi? Ushbu savolga malakali huquqshunoslar javob berishdi.

Malaka oshirishga ketgan xodimning darsi boshqa o‘qituvchiga yuklatilganda, qo‘shimcha haq to‘lanadimi?

Savol: Assalomu alaykum. Maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari bir oy malaka oshirishga ketgan. Uning vazifasi 18 soat darsi bor oʻqituvchiga biriktirilganda, oʻsha oʻqituvchiga qoʻshimcha oylik toʻlanadimi? Agar toʻlansa, necha foiz hisobida qoʻshimcha oylik yoziladi?



Huquqshunos javobi:

Mehnat kodeksining 116-moddasi birinchi qismiga ko‘ra xodimning roziligi bilan unga ish kunining (smenaning) belgilangan davomiyligi mobaynida xuddi o‘sha ish beruvchida qo‘shimcha haq evaziga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan asosiy ish bilan bir qatorda, asosiy ishidagi kabi aynan o‘sha kasb (lavozim) bo‘yicha yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ham qo‘shimcha ishni bajarish topshirilishi mumkin.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan, asosiy ishidagi ayni o‘sha kasb (lavozim) yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ishdan ozod etilmagan holda bajarish vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishini bajarish hisoblanadi.

Shunga ko‘ra vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning vazifasini bajarish boshqa xodim zimmasiga yuklatiladi. Sizda ham aynan shunday harakat amalga oshirilishi kerak.



❗️Lekin xodimga qo‘shimcha ish yuklash uchun uning roziligi talab etiladi. Bunda rozilik yozma shaklda olinishi lozim. Shunga ko‘ra sizdan ham ariza olish talab etiladi. Shundan so‘nggina sizga qo‘shimcha vazifa yuklash mumkin. Bunda mazkur vazifa yuklanishi haqida alohida buyruq ham chiqariladi.

Bunda ushbu kodeks 259-moddasiga asosan bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko‘payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lov belgilanadi va to‘lanadi:

•  byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

✅ Bunda lavozim yuklatilgan xodimga shu lavozim maoshining 50 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.