Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xorijiy sertifikatga ega bo‘lish malaka oshirishda qanday ustuvorlik beradi?
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 12-martdagi 77-son buyrugʻi bilan malaka oshirish tizimida Muqobil malaka oshirish shakllarining roʻyxati va ularga beriladigan kredit ballar tasdiqlangan.
Buyruqqa koʻra, joriy yilda umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xorijiy sertifikatni olgan boʻlsangiz, ushbu sertifikat malaka oshirishning muqobil shakli sifatida tan olinadi hamda Sizga “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi orqali 9 kredit ball beriladi.
Buning uchun Siz umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xorijiy sertifikatni platformaga yuklashingizning oʻzi kifoya.