Odatda bolalar juda ochiqko‘ngil, ishonuvchan bo‘lishadi. Ular har bir yangi tanishishdan xursand bo‘lishadi. Lekin tanishishning to‘g‘ri ekanligiga qat’iy ishonch hosil qilishlari kerak. Bolalar notanish odam bilan qanday hollarda tanishishi mumkin va qachon mumkin emasligini qanday tushuntirish mumkin? Bolalar notanish odamlar bilan uchrashganda ularga rioya qilishlari kerak bo‘lgan bir qator muhim qoidalar mavjud.
Bolalarga notanish odamlar bilan gaplashish qoidalarini qanday o‘rgatish uning yoshiga bog‘liq. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar notanish odam kim ekanini bilmaydi va kim xavfli, kim xavfsiz ekanini ajrata olmaydi. Bolalar odatda kattalar bilan ota-onalar tomonidan tanishadilar va bu, ehtimol, o‘zidan katta yoshli odamlar bilan do‘stlar orttirishning eng to‘g‘ri usulidir.
«Begona odamlar bilan xavfsiz xatti-harakat qoidalari»
Ota-onalar uchun eslatma
1. Bola ota-onasi, akasi, opasi, o‘qituvchisi yoki u yaxshi biladigan boshqa kattalar bilan birga bo‘lsagina ko‘chada begona odam bilan suhbatlashishi mumkin. Agar u yolg‘iz bo‘lsa, begonalar bilan suhbatlashmasligi kerak.
2. Begona, notanish odam bilan hech qayerga borishga rozi bo‘lmasligi, uning mashinasiga o‘tirmaslik kerakligini o‘qtiring. Xatto notanish odam “otangiz yoki onangizga oldiga olib boraman” deb aytsa ham, bolangiz unga hech qachon ishonmaslik kerakligini ayting! Ota-ona hech qachon farzandini ogohlantirmasdan begona odamni yubormasligini tushuntiring.
3. Bola notanish odamdan konfet, pul va boshqa sovg‘alarni olmasligi kerak. Ehtimol, chin yurakdan taklif qilayotgandir, balki yo‘q… Bola xavfsiz bo‘lishi uchun rad etishi kerak.
4. Agar notanish odam farzandingizga biror narsa sotib olishni va’da qilsa, begona odamga hech qachon ishonmasligi kerak. Nima uchun? Chunki u bolangizga mutlaqo begona odam. “Menga hech narsa kerak emas” deb javob bersin.
5. Agar begona odam farzandingiz qo‘lingizdan ushlab, kuch bilan olib ketishga harakat qilsa, bolangiz qochib, uyga yugurishi yoki o‘tib ketayotgan odamning yordamiga chaqirishi kerak. Agar kerak bo‘lsa, bor kuchi bilan baqirish kerakligi o‘rgating.
Unutmang ko‘chadagi notanish odamlar har xil bo‘lishadi. O‘zini mehribon va rahmdil ko‘rsatgan odam aslida bolangiz uchun havfli bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, bolaga yoshligidan quyidagi oddiy qoidalarni singdirishi kerak, ularga rioya qilish kerak:
— Agar bola biror joyga bormoqchi bo‘lsa, u bu haqda ota-onasini ogohlantirishi, qayerga, kim bilan ketayotganini va qachon qaytishini aytib, xabardor qilishi kerak.
— Bolaning harakatlanish yo‘nalishi o‘rmon, Park, kimsasiz va yoritilmagan joylardan o‘tmasligiga harakat qilish kerak;
— Notanish odamlar bilan gaplashmasligi kerak;
— Notanish odamning mashinasiga yolg‘iz o‘tirmasligi kerak;
— Katta yo‘l yoqasida o‘ynamasligi kerak;
— Qorong‘u tushishi bilan uyga kirishi, ko‘chada yolg‘iz yurmasligi kerak.
— Imkon qadar maktabdan uyga o‘zingiz olib keling, agar bola o‘zi keladigan bo‘lsa, kechga qolishi bilan sinfdoshi yoki o‘qituvchining telefonidan uyga qo‘ng‘iroq qilib ogohlantirib qo‘yishi kerak;
— Agar bolaning harakatlanish yo‘nalishi avtomobil yo‘li bo‘ylab o‘tadigan bo‘lsa, u yo‘lning chetidagi trotuardan, mashina yщlidan uzoqroqdan harakatlaniishi kerak;
— Agar yo‘lni kechib o‘tish kerak bo‘lsa, maxsus svetofor yoki piyodalar o‘tish joyidan mashinalar kelmayotganligiga ishonch hosil qilib o‘tishi kerak;
— Agar liftga chiqish kerak bo‘lib qolsa, hech qachon yolg‘iz notanish odamlar bilan chiqmaslik kerakligini o‘qtiring;
Hurmatli ota-onalar, unutmangki, bolalarning yoshiga mos bo‘lmagan qimmatbaho sovg‘alarni (qimmatbaho mobil telefonlar, gadjet) bolangizga sotib olib, siz jinoyatchilarni farzandingizga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga undagan bo‘lasiz!