Bolalarimizni pirotexnikadan asraylik! (video) - Ta’lim / Образование

Bolalarimizni pirotexnikadan asraylik! (video)

Ota-onalar tez-tez yo‘l qo‘yadigan xatolardan biri – voqelikni e’tiborga olmaslikdir, chunki bu juda qulay: vaqt sarflab va nimalarnidir tushuntirishga hojat bo‘lmaydi. Bu juda sodda yondashuv bo‘lib, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bir narsani tushunib olish kerak: har qanday muammoga to‘qnash kelishdan ko‘ra, uning oldini olish yaxshiroq. Demak, pirotexnika – ma’suliyatli ota-ona nimalarni bilishi zarur?

pirotexnika-texnika-bezopasnosti

Maktab davringizni bir eslang, axir siz ham (bir marta bo‘lsa ham!) pirotexnika xarid qilgansiz. Hatto odobli, gapga kiradigan bolalarda ham ertami kechmi qiziqish uyg‘onadi, bayramoldi kunlarda esa ular o‘z qiziqishlarini maktab va kollejlar atrofida qondirishga urinishadi. Sinfdosh va boshqa tanish bolalar petardalar, mushakbozlik, bengal shamlari bilan vaqtichog‘lik qilganda, atrofdagilarda ham qiziq uyg‘onadi.


 

BIRINCHI QADAM: farzandingiz istisno emasligini tushunish. Unda ham qiziqish uyg‘onishi va unda ham “paqildoqlar” qutichasi bo‘lishi mumkin. Qanday yo‘l tutish zarur? Taqiqlash – eng afzal yo‘l emas, bolaligingizni eslab ko‘ring, taqiq qiziqishni yanada kuchaytirishi mumkin. Xonada tintuv uyushtirish, urishish, qo‘rqitish, nazorat qilib yurish ham sizga ijobiy natija bermaydi. Boshqacha yo‘l tutish zarur.



IKKINCHI QADAM. Farzandingiz bilan gaplashing. Suhbatingiz jiddiy monolog emas, dialog ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Bu kabi vaqtichog‘likka ko‘pchilik yoshlar qiziqishini, bu unchalik qo‘rqinchli emasligini farzandingizga tushuntiring. Ammo oqibatni, o‘zi va atrofdagilari uchun xavf tug‘dirish mumkinligini ham uqtiring. Internetda “Pirotexnikadan foydalanishda xavfsizlik qoidalari” so‘zlari orqali ko‘plab maqolalar topish mumkin. Ulardan ikki-uchtasini farzandingiz bilan birga o‘qib, unga savollar bering va eng muhimi – tushunganiga ishonch hosil qiling. U yoki uning o‘rtoqlari petardalar xarid qilishi mumkinligini tan oling. Ulardan xavfsiz ravishda foydalangan afzal, lekin bolaning o‘zi Google-qidiruvdan foydalanishi amri mahol.


 

UCHINCHI QADAM. Xavfni tushuntiring. Zamonaviy pirotexnika sanoati kuchli va xavfli mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Bu kabi mahsulotlar sertifikatlangan va rasman sotilayotgan bo‘lsa mayli. Ammo, afsuski litsenziyalanmagan noma’lum sifatli mahsulotlar ham bor. Biz muntazam ravishda ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot beramiz, ammo bir narsani anglash kerakki, bunday sotuvchilar ilgari ham bo‘lgan va keyinchalik ham bo‘lishadi, chunki ularda daromad qilish istagi ma’suliyatdan kuchliroqdir.



Pirotexnika noto‘g‘ri foydalanish oqibatida jiddiy jarohatlarga, ko‘zlarga ziyon yetishiga yoki yong‘inga sabab bo‘lishi, nafaqat uni ishlatgan odam, balki atrofdagilar ham ziyon ko‘rishi mumkin. Toshkent aholisidan bizga ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda, ular oyoq ostiga, mashinalar tagiga, birovning hovlisiga va xonadoniga petarda tashlaydigan, petardalarni mushuklarga bog‘layotgan bolalardan arz qilishmoqda. Farzandingizga birovlarning ko‘nglini og‘ritmaslik, sog‘lig‘i va mulkini hurmat qilishlik muhimligini tushuntiring.


 

Keksa insonning oyog‘i ostiga tashlangan “paqildoq” undagi yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin. Qurigan shox-shabbalarga tashlangan petarda yong‘in keltirib chiqarishi mumkin, natijada esa zararni qoplash uchun jarimaga torilasiz.

Hatto uning bunday qilmasligiga ishonsangiz ham, farzandingizga tushuntiring. Shunda ko‘nglingiz tinch bo‘lishi mumkin, chunki o‘z vazifangizni bajargan, zarur ma’lumotlarni yetkazgan bo‘lsaiz.

Hurmatli ota-onalar! Farzand tarbiyasida eng zarur va ma’suliyatli ishni unutmang – farzandingiz siz yonida bo‘lmaganingizda to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganishi zarur. Muammo borligini tan olib, xavfni bartaraf qiling. Bolangiz bilan pirotexnika mavzusida kechiktirmasdan gaplashib oling.

 


Leave a Reply