Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi? - Ta’lim / Образование

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi?

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi? Sahifada ushbu savolga javob topasiz.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi?

Yangi qarorga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga milliy sertifikat imtihonlarida C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.

Boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika, oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi.



Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 – 69,9 ball olganlarga — A daraja;
60 – 64,9 ball olganlarga — B+ daraja;
55 – 59,9 ball olganlarga — B daraja;
50 – 54,9 ball olganlarga — C+ daraja;
46 – 49,9 ball olganlarga — C darajali sertifikat berilmoqda.



Yangi qarorga ko’ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.