Amaldagi qonunchilik boʻyicha, ishbay tizimida ishlaydigan xodim uchun “otpuska” puli soʻnggi oy ishlagan maoshiga qarab belgilanardi.
Endilikda esa mablagʻ, xodimning mehnat ta’tiliga qadar ishlagan 11 oylik ish haqqining oʻrtachi qiymatiga qarab hisoblanadi.
2025-yil 13-fevralda “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va 257-moddaning ham bir qancha qismlariga oʻzgarish kiritildi. Eng asosiy oʻzgarish esa uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:
“Mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlaridagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun xodimga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi.”