O‘zbekistonda maktablar endi 5 kunlik ish rejimiga o‘tkaziladimi? - Ta’lim / Образование

O‘zbekistonda maktablar endi 5 kunlik ish rejimiga o‘tkaziladimi?

«Mening fikrim» portalidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq murojaat kerakli ovozlarni to‘pladi.

O‘zbekistonda maktablar endi 5 kunlik ish rejimiga o‘tkaziladimi

«Mening fikrim» veb-portaliga fuqaro Nabiyev Ne’matulla Xamidullayevichning “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish tartibiga o‘tkazish haqida”gi 375-s-p/24-sonli elektron jamoaviy murojaati 2025 yilning 28 mart kunidan 3 aprel kuniga qadar 10 mingdan ortiq ovoz to‘plashga erishdi.



Nizom talablariga muvofiq, 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organi – Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. «Mening fikrim» veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 35-bandiga muvofiq, tegishli vakolatli davlat organi murojaatni ko‘rib chiqib, asoslantirilgan qaror qabul qilishi belgilangan.



Murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni boshlangan bo‘lib, natijasi haqida qabul qilingan qaror belgilangan tartibda «Mening fikrim» veb-portalida e’lon qilinadi. Qonun bo‘yicha ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati 60 kundan oshmasligi kerak.