2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun maksimal ball beriladi - Ta’lim / Образование

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun maksimal ball beriladi

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman tasdiqlandi.

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun maksimal ball beriladi

Vazirlikning 2025-yil 11-iyundagi 03-32-1540-sonli ko‘rsatmali xatida 2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikat o‘z kuchida bo‘lishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaror bilan tasdiqlangan Nizomga l-ilovada pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari jadvalining 7-pozitsiyasida malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi bo‘yicha maksimal 10 ballgacha baholash belgilangan.

Mazkur baholash mezoni jadvalining izoh qismida 7-pozitsiyaga izoh berilgan bo’lib, bunda agarda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball berilishi qat’iy belgilangan.

Hozirgi kunda joylardan pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslariga jalb etilmagan bo‘lsa ham, ishchi guruhlar tomonidan asossiz ravishda malaka oshirish kursidan o‘tmadi degan vaj bilan ball qo‘ymaslik holatlari haqida haqli e’tirozlar kelib tushmoqda.



Vazirlar Mahkamasinmg “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq yangi tartib joriy etilgan bo‘lib, bunga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari besh yilda bir marotaba (eski tartibga ko‘ra bir yilda bir marotaba) majburiy malaka oshirish kurslariga jalb etilishi hamda har yili tashkilot xodimlarining o‘rtacha 20 foizi malaka oshirishi lozimligi belgilab berilgan.

Shunga ko‘ra 2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim.

Ana shu muddatga qadar uning 2024-yilda malaka oshirganligi haqidagi sertifikat o‘z kuchida bo‘ladi, belgilangan vaqtda o‘quv kursiga bormagan, shuningdek uzrli sabablarsiz qatnashmagan hamda belgilangan namunadagi sertifikatni olmagan holallar bundan mustasno.



Yuqoridagilarni hamda 2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikati o‘z kuchida qolishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga yuqorida qayd etilgan baholash mezonining 7-pozitsiyasi izoh qismida belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiq.

Vazir o‘rinbosari: S. Radjabov

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun maksimal ball beriladi