Rus tili fanidan C1 sertifikatga ustama to‘lanadimi? Malakali huquqshunoslar ushbu savolga javob berishdi.
Savol: Assalom alayukum yaxshimisiz Rus tili fanidan C1 sertifikatiga ustama to’lanadimi yoki yo’q?
Huquqshunos javobi: ✅ Ustama to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (ro‘yxat raqami 3515)ga ilovada Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar Ro‘yxati tasdiqlangan.
Unga ko‘ra umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy sertifikat (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) 80*/B+ bolsa 50 foiz ustama beriladi. Bunda rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun beriladi.
Shuningdek, “тест по русскому языку как иностранному (ТРКИ)” C1 xalqaro sertifikati uchun 50 foiz ustama beriladi.
Bunda “тест по русскому языку как иностранному (ТРКИ)” sertifikati ta’lim tili rus tili bo‘lmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi.
✅ Shunga ko‘ra, rus tili bo‘yicha yuqoridagi ustama ushbu toifadagi o‘qituvchilarga beriladi.





