Rus tilini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma (pdf) - Ta’lim / Образование

Rus tilini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma (pdf)

Jahon xalqlari o‘rtasida eng yangi axborot almashuvi vositasi sifatida qabul qilingan 6 ta jahon tillarining biri bo‘lgan rus tilini o‘rganishga ehtiyoj kun sayin oshmoqda. Shu bois bu tilni ikkinchi til sifatida o‘rganish metodikasini takomillashtirishda eng yangi usul va vositalardan foydalanish dolzarb muammolardan biriga aylandi.

Rus tilini mustaqil o‘rganish uchun qo‘llanma (pdf)

Ana shunday muammolardan biri — zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda bu tilni mustaqil ravishda o‘rganish vositalari va yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.

Ushbu qo‘llanma rus tilini o‘zlashtirishda o‘zlarining bilimi va nutqiy ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni to‘ldirish niyatida bo‘lgan o‘zbekzabon til o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan.



Grammatik shakllar haqidagi ma’lumotlar o‘zbek tilida tushuntirilgan va kirill yozuvida yozib kursatilgan.

Mazkur qo‘llanmada rus tilining barcha sathlari (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis kabilar) bo‘yicha o‘zbek tilidan farqlanuvchi va o‘zbekzabon til o‘rganuvchilarda qiyinchilik tug‘diruvchi asosiy grammatik vositalar qamrab olingan.



Qo‘llanmada rus tilidagi tinglangan va o‘qilgan matnni tushunish hamda o‘z fikrini rus tili qonun-qoidalariga mos ravishda og‘zaki va yozma tarzda bayon etishga o‘rgatish maqsad qilib olingan. Tegishli grammatik ma’lumotlar jadvallarda berilgan.

Nutqiy bilim va ko‘nikmalar o‘zbekzabon til o‘rganuvchining ongida avval o‘zbek tilidagi nutqiy qoliplar tarzida shakllanishini hisobga olib, o‘zbek tilidagi har bir nutqiy birlikning rus tili qonun-qoidalariga mos ravishda tuzilgan muqobil shakllari ko‘rsatilgan.



Har bir til materialini nutqda qo‘llash ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga mo‘ljallangan mashqlar topshiriqlari o‘zbek tilida berilgan.

Materiallarning har biri muayyan mazmunni ifodalashga yo‘naltirilganligi sababli mavzularning ko‘pchiligi ma’noviy (semantik) nuqtai nazardan kelib chiqib nomlangan. Masalan, “Tasvir va ta’rif”, “Miqdor”, “Muddat” va hokazolar. Ushbu mavzular qatoriga rus tili grammatikasi tizimida alohida nomlanmagan “Taxminiy o‘lchov”, “Sanani ifodalash”, “Yoshni ifodalash” kabilar ham kiradi. Shu bilan birga, rus tilidagi nutqiy ifoda shakllari o‘zbek tilidan keskin farqlanadigan «Fe’l», «Sifatdosh», «Ravishdosh» kabi sof grammatik mavzular ham berilgan.

Qo‘llanmaga, shuningdek, rus tili grammatikasi bo‘yicha 20 ta semantik-grammatik jadval ham ilova qilingan (ularning 4 gasi fonetikaga, 12 tasi morfologiyaga, 4 tasi sintaksisga oid).



Ushbu qo‘llanma rus tilini mustaqil ravishda o‘rganishga mo‘ljallangan. Unda rus tilining fonetik, morfologik, sintaksik va uslubiy jihatlari mazmun ifodalash nuqtai nazaridan yoritilib berilgan va asosan, o‘zbek tilida bo‘lmagan jihatlarga asosiy e’tibor qaratilgan.

Hamma mashqlarning kalitlari berilgan. Qo‘llanma til o‘rganuvchilarning keng ommasiga mo‘ljallangan.



Rus tilining amaliy grammatikasi. Mustaqil o‘rganuvchilar uchun.
(Ra’no Tolipova)

Janr / bo‘lim: Til va lingvistika, O´quv va metodik qo´llanmalar
Muallif: Ra’no Tolipova
Nashr yili: 2012
Tili: O’zbek (kir)
Betlar: 181
Fayl turi: PDF