Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak! - Ta’lim / Образование

Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak!

2024/2025-oʻquv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515) 1-ilovasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning biridan kamida B2 darajasiga ega boʻlishi lozim.

Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak!

Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar roʻyxatdan chiqarib yuborilgan:

🚫 APTIS for teachers
🚫 Linguaskill
🚫Test of English for International Communication (TOEIC)



Agar oʻqituvchilar qaror kuchga kirgunga qadar (2024-yil 29-mayga qadar) roʻyxatdan chiqarib yuborilgan sertifikatlarni olgan boʻlsalar ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.



Quyidagi sertifikatlar bilan xorijiy tillarni bilish darajasi emas, balki xorijiy tillar boʻyicha malaka va koʻnikmalar aniqlanadi:

— Teaching Knowledge Test (TKT);
— Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL);
— Teaching English as a Foreign Language (TEFL);
— Teaching English as a Second Language (TESL);
— Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA);
— Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA).

Shu sababli ular ushbu roʻyxatga kiritilmagan.



2024-yil 29-maydan keyin faqat yangi qarorda koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlar amal qiladi.

Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.



Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi.