Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 30-yanvardagi “2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 35-sonli buyrug‘i e’lon qilindi.
E’tiboringizga 2026-2027 o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari va tadbirlar ro‘yhati keltirilmoqda.
Fan olimpiadalari ro‘yxati
I. Fan olimpiadalari
1. Asosiy fan olimpiadasi;
2. Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science);
3. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro Kimyo olimpiadasi (ARBICHO);
4. Xalqaro Yoshlar Bolqon Matematika olimpiadasi (JBMO);
5. Xalqaro Kimyo olimpiadasi (IChO);
6. Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO);
7. Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO);
8. Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI);
9. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasiga saralash;
10. Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC);
11. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasi (OWAO);
12. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga saralash;
13. Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash;
14. Nufuzli xalqaro olimpiadalar (IMO, IPhO, IBO, IChO, IOI);
15. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi;
16. Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (IZhO);
17. Xalqaro Nemis tili olimpiadasiga saralash;
18. Xalqaro Ingliz tili olimpiadasi (ELO);
19. Xalqaro Geografiya olimpiadasi (IGeO);
20. Xalqaro Iqtisod Olimpiadasi (IEO);
21. Xalqaro Kavkaz Matematika Olimpiadasi(CMO);
22. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Matematika Olimpiadasi (APMO);
23. Xalqaro Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO);
24. Osiyo Fizika olimpiadasi(APhO);
25. Yevropa Fizika Olimpiadasi;
26. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Informatika Olimpiadasi (APIO);
27. Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi (EGMO);
28. Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi (EGOI);
29. Xalqaro Turkmaniston Olimpiadasi;
30. Xalqaro Ochiq Biologiya Olimpiadasi (OIBO);
31. Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro O‘zbek tili Olimpiadasi;
32. Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi (AKHIMO);
33. Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IAFPhO);
34. Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi (AIBO);
35. Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
36. Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralash bosqichlari;
37. Xalqaro geografiya olimpiadasiga saralash bosqichlari.
II. Koʻrik-tanlov, musobaqa va tadbirlar
1. “Huquqiy maʼrifiy bilimdon” koʻrik-tanlovi;
2. “Men giyohvandlikka qarshiman” koʻrik-tanlovi;
3. “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi;
4. “Yosh gvardiyachi” musobaqasi;
5. “Yosh chegarachi” musobaqasi;
6. “Vatanparvar” musobaqasi;
7. “Yashil chiroq” musobaqasi;
8. “Jasorat uchqunlari” musobaqasi;
9. Oʻquvchilar oʻrtasidagi “Zakovat” intellektual oʻyini musobaqasi;
10. “Turon” maktab teatri;
11. “Iqtidor” maktab ansambli;
12. “Jadidlar izidan” koʻrik-tanlovi;
13. Badiiy gimnastika boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasi;
14. Umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Besh tashabbus” olimpiadasi;
15. “Oʻquvchilar kengashi” liderlar tanlovi;
16. “Yil sardori” koʻrik-tanlovi;
17. “Eng namunali maktab sardorlari kengashi” koʻrik-tanlovi;
18. “Eng namunali mahalliy sardorlari kengashi” koʻrik-tanlovi;
19. Eng naʼmunali hududiy sardorlari kengashi” koʻrik-tanlovi;
20. Oʻquvchilar oʻrtasida “Yoshlar va qonun” koʻrik-tanlovi;
21. “Kitobxonlik festivali” koʻrik-tanlovi;
22. Oʻquvchilar oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” shiori ostida respublika birinchiligi;
23. “Yosh bojxonachi” koʻrik-tanlovi;
24. Huquqiy-maʼrifiy bilimdon ijodiy koʻrik-tanlovi;
25. “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi;
26. “Mening huquq va majburiyatlarim” koʻrik-tanlovi;
27. “Zulfiya” davlat mukofoti;
28. “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovi;
29. “Inson huquqlari” koʻrik-tanlovi;
30. “Sen isteʼdodlisan” koʻrik-tanlovi;
31. “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab tanlovi”;
32. “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” koʻrik-tanlovi;
33. “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar;
34. “Raqamli avlod qizlari” tanlovi;
35. “Ixtirochilikka qadam” tanlovi;
36. Oʻquvchi qizlar oʻrtasida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasi;
37. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlarining Vazirlik bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar, musobaqa va tadbirlar.
<strong>Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning 1-bandi 2-pozitsiyasi bo‘yicha baholashda inobatga olinadi.





