Zulfiya hayoti va ijodi (tadbir ssenariysi, dars ishlanma, taqdimot, sahna ko‘rinishi) - Ta’lim / Образование

Zulfiya hayoti va ijodi (tadbir ssenariysi, dars ishlanma, taqdimot, sahna ko‘rinishi)

Ushbu sahifada Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan tadbir ssenariyi, taqdimot, dars ishlanma va sahna ko‘rinishi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Zulfiya hayoti va ijodi (tadbir ssenariysi, dars ishlanma, taqdimot, sahna ko‘rinishi)

Zulfiya (taxallusi; to‘liq ism sharifi Zulfiya Isroilova 01.03.1915 Toshkent – 01.08.1996) – taniqli o‘zbek shoirasi, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq shoirasi(1965). Mehnat Qahramoni (1984). Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug‘ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so‘ng 1931 – 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi.



Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 – 1938- yillarda O‘zbekiston Fanlar qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-yildan Bolalar nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyotida bo‘lim mudiri (1941-1950), 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos sheriyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan talantli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.

Uning ilk she’ri 1931 yilda “Ishchi” gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yilda “Hayot varaqalari” she’rlar to‘plami nashr etilgan. Shundan keyin uning “Temiroy” (1934), “She’rlar”, “Qizlar qo‘shig‘i” (1939) she’riy kitoblari e’lon qilintan. She’riy ijodining nurlanishi “Uni Farhod der edilar” (1943), “Hijron kunlarida” (1944) va “Hulkar” (1947) to‘plamlari bilan bog‘liq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan to‘la she’rlar Zulfiya ijodida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganidan darak berdi. Zulfiya shaxsiy fojiasi tasviri orqali II-jahon urushidan katta talafot va yo‘qotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.

Zulfiya asarlari ko‘plab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Zulfiya xalqaro Javaharlal Neru (1968), “Nilufar” (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning “Kirill va Mefodiy” (1972) ordeniga sazovor bo‘lgan.



Tadbir ssenariylari

 

 

 

 

 


Dars ishlanmalar

 

 



Taqdimotlar / Slaydlar

 

 

 

 

 


Buklet va boshqa fayllar

 

 

 

 


Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan video taqdimot


*.flv formatida yuklab olish


“Xotiram siniqlari”
(Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan telespektakl)


*.flv formatida yuklab olish

O‘zbekiston xalq shoirasi, vafo va sadoqat timsoli bo‘lmish Zulfiyaxonimning qalamiga mansub “Xotiram siniqlari” dostoni asosida sahnalashtirilgan mazkur spektaklda shoir Hamid Olimjon va Zulfiya o‘rtasidagi mehr-muhabbat, o‘tgan asrning suronli 37- yillaridagi alg‘ov-dalg‘ov voqealar namoyish etilgan.




Zulfiya va Hamid Olimjon monologi
(sahna ko‘rinishi)

Zulfiya she’rlari

She’r nomi She’r havolasi
Nechun ta’na Yuklab olish
Osmonda bir tilik handalak Yuklab olish
Seni kuylayman hayot Yuklab olish
Shalola Yuklab olish
Suq Yuklab olish
Tong Yuklab olish
Toʻrga tashrif Yuklab olish
Yana bahor hokim Yuklab olish

 


Leave a Reply