Bizning sog‘ligimiz kunimizni qanday rejalashtirishimizga bog‘liqmi? Bizning kunimizni qanday rejalashtirishimiz kerak? Ushbu sahifada sinf rahbarlari uchun «Sog‘lom turmush tarzi va zararli odatlarning oldini olish» mavzusida 1 soatlik tarbiyaviy soat dars ishlanmasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Mavzu: «Sog‘lom turmush tarzi va zararli odatlarning oldini olish».
Maqsad:
— Ta’limiy: O‘quvchilarga sog‘lom turmush tarsi va zararli odatlarning oldini olish tushuncha berish;
— Tarbiyaviy: berilgan rasm va savollar ustida ishlash orqali o‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish;
— Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, nutq madaniyatini rivojlantirish, ularni o‘zini-o‘zi mustaqil bo‘lishga yo‘naltirish, sezgirlik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Ta’lim turi: interaktiv.
Dars metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol (guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar).
Dars jihozi: Tarqatma materilallar, darslik, jadvallar, kartochkalar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, proyektor.
Ta’lim metodi: og‘zaki (suhbat, savol-javob).
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
I. Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash. v) Jurnalni to‘ldirish.
II. O‘tgan mavzuni takrorlash.
Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni
Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir.
Ma’lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi. Millat salomatligini ta’minlash, xalq genofondini bekamu-ko‘st saqlash sog‘lom turmush tarzi tufayligina yetarlicha ijobiy tarzda hal etiladi. Bu esa, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari; oila, o‘quv-tarbiya maskanlari, mahalla hamda mustaqil ta’lim oldiga jamiyatimiz fuqarolariga sog‘lom turmush tarzi mazmuni va mohiyatini anglatish, yoshlarni sergak va bilimdon, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasini ko‘ndalang qilib qo‘yadi.
Sog‘lom turmush tarzi bu faol mehnat, ijod og‘ushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, o‘ta xavfli va zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni yengil ko‘tara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir. Talabalar o‘rtasidagi o‘tkazilgan so‘rovnomada natijalaridan kelib chiqib, oliy o‘quv yurti talabalari bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, kun tartibi, dam olishga va mehnat tartibiga rioya etishi sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Jahon Sog‘likni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda kashandalik yer yuzida ommaviy tarqalib, uni 15 yoshdan yuqori aholining uchdan bir qismi, ya’ni 1,1 milliard kishi chekadi. O‘zbekistonda ham ahvol bundan yaxshi emas. Hisob-kitoblarga qaraganda, bizda 3,7 million chekuvchi bor. Agap har bir kashanda kuniga bir quti, ya’ni 20 dona sigaret cheksa, bir kunda 74 million dona sigareta cheqiladi. Bu juda katta raqam. Agarda kishi sekundiga bir donadan sigareta sanasa va kuniga 7 soat shu ish bilan shug‘ullanganda, buncha sigaretani sanash uchun unga 12 yil vaqt kerak bo‘ladi.
III. Yakuniy qism:
Dars yakunida o‘quvchilar bilan birgalikda olgan bilimlarni umumlashtirilib, savollar bilan mustahkamlanadi.
O‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
P.S. Tarbiyaviy soat dars ishlanmasini to‘liq, 1 yillik word variantida yuklab olish uchun murojaat qiling:
Telegram: @NZA456
Телефон: +998905306866