O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakati uchun kim javobgar bo‘ladi? - Ta’lim / Образование

O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakati uchun kim javobgar bo‘ladi?

Amaliyotda o‘quvchi ta’tilda bo‘lgan vaqtda yohud u xoh dars vaqtida bo‘lsin, xoh darsda tashqari, yoki o‘quvchi maktab hududida yoki ota-onasining qaramog‘ida bo‘lgan vaqtda biror bir huquqbuzarlik qilsa, sinf rahbari darrov sinf rahbarlikdan olingan va hattoki ishdan bo‘shatilgan holatlar ham kuzatilgan.

Aslida bu mutlaqo noto‘g‘ri amaliyot.


O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakati uchun kim javobgar bo‘ladi?

Agar o‘qituvchi sodir etgan huquqbuzarlikka o‘qituvchi yoki sinf rahbar undagan (majbur qilgan) yoki unga hayrixohlik qilgan holatdan tashqari o‘quvchining harakatlari uchun javob berishi noto‘g‘ri.



Birinchidan, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan bo‘lib, unga ko‘ra yuqoridagi shaxslar:

— o‘z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

— o‘z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;



— ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Aynan mana shu majburiyatlar o‘quvchining qonuniy vakillarining o‘quvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini anglatadi.



Ikkinchidan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 27.06.2023 yildagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining yo‘riqnomasida sinf rahbarining majburiyatlari qayd etilgan. Lekin ular orasida yuqoridagi holatga mos keladigan birorta majburiyat yo‘q.


Uchinchidan, Oila kodeksining 7З-moddasida ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shartligi qayd etilgan.

Bunda ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.



❗️Yuqoridagi qoidalarga ko‘ra, boshlanadigan ta’tilda o‘qituvchilarni yoki sinf rahbarlarni o‘quvchilarning huquqbuzarligi uchun javobgarlikka tortmang hurmatli rahbarlar!