9-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlandi.
Bunda o‘quvchilar 5- va 10- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi.
Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi.
Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish va baholash mezonlari hududiy boshqarmalar orqali barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktablariga yetkaziladi.
9- va 11-sinflar yakuniy atteststsiyasi uchun e’lon qilingan baza topshiriqlaridan variantlar qayta shakllantiriladi.
Bir topshiriqqa aynan berilgan savol emas, boshqa topshiriq savoli ham tushishi mumkin.