Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni - Ta’lim / Образование

Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni

Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni. Bu haqda
Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

oqishni kochirish

Bugun, 10 avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos beshta yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.

Bugun yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.



Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.

Quyida videoyo’riqnoma bilan tanishib chiqicshingiz mumkin:

Shuningdek, bugun soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.

❗️Barchaga abituriyentlarga omad!