Bu yil maktab o‘quvchilari qaysi fanlardan imtihon topshirishadi? Qaysi fanlar majburiy? Ushbu sahifada barcha savollaringizga javob topasiz.
2024-2025 o‘quv yilida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkaziladi.
9-sinf o‘quvchilari uchun: Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) / Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun);
11-sinf o‘quvchilari uchun: Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) / Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) va matematika fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishi belgilandi.
Umumta’lim maktablarida ta’lim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha namunaviy nazorat materiallari Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, 10-aprelga qadar vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumtaʼlim maktablari uchun davlat tili imtihoni qoraqalpoq tilida topshirish tavsiya etiladi.
11-sinf bitiruvchilari 3 ta majburiy va 2 ta (Matematika (Chuqurlashtirilgan) variantini tanlagan oʻquvchilar uchun 1 ta) tanlov fanlaridan imtihonlar topshirishlari kerak boʻladi.
Matematika fanidan 11-sinf bitiruvchilari berilgan 2 ta variantdan birini tanlashlari mumkin. Bunda:
Matematika (Asosiy): Umumtaʼlim dasturidagi asosiy bilim va koʻnikmalar baholanadi.
Matematika (Chuqurlashtirilgan): Umumtaʼlim chuqurlashtirilgan dasturidagi bilim va koʻnikmalar baholanadi.
11-sinfda oʻquvchining ixtiyoriga koʻra tanlov fanlar yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan bir oy oldin uning arizasiga koʻra tanlanadi.
2024-2025 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari
2-ilovada keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlar fandan ozod qilinadi;.