Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida taklif etilgan sanalarni e’lon qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda Yangi yil bayrami kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, vazirlik yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini ko‘chirish va qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash taklifi bilan chiqqan.
Loyihaga ko’ra, 31-dekabrdan 4-yanvarga qadar ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’lishi kutilmoqda. Qaror rasman tasdiqlangach, qo’shimcha ma’lumot beriladi.
Vazirlikning qayd etishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini ko‘chirish va qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash to‘g‘risidagi rasmiy farmon tez orada e’lon qilinadi.





