Ustama olish uchun o‘qituvchilar qanday hujjatlarni yig‘ishi kerak? Sahifada ushbu savolga javob topasiz.
Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.
3-bo‘lim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda) 1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri va hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.
4-bo‘lim, ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi. Platformada ommalashgan bo‘lsa sertifikat.
7-bo‘lim, malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.
8-bo‘lim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.
Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.
Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.
Hozirda ko‘p o‘qituvchilardan maktab rahbarlari turli xil hujjatlarni, prezentatsiyalar qilish kerakligini talab qilishmoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, quyidagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi! Qolaversa, tuman (shahar) MMTBlari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.