2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigida barcha ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega ta’kidlandi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi ma’lum qilindi.