Metod birlashma rahbarlariga 10% ustama haq belgilash mezonlari - Ta’lim / Образование

Metod birlashma rahbarlariga 10% ustama haq belgilash mezonlari

Ushbu sahifada umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilash mezonlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Metod birlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama haq belgilash mezonlari ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorining 1-ilovasi bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan.



Mazkur Nizomning 26-bandida “Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhining qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foizlik har oylik ustama haq belgilash mumkin” deb ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 372-sonli buyrug‘i bilan “Fan oylik”larini o‘tkazish bekor qilingan.



Shu sababli, vazirlik tomonidan umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilashning yangi mezoni ishlab chiqilgan.

Umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama haq belgilash ishlari ilovadagi mezon asosida amalga oshiriladi. Quyida ushbu baholash mezonlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: