Birinchi yil ishlagan o‘qituvchlarga ta’til qanday hisoblanadi? Ushbu savolga tajribali huquqshunoslar javob berishdi.
Har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.
Masalan, o‘qituvchi o‘quv yilining yarmidan, deylik 2024 yil yanvar oyida ishga kirgan bo‘lsa ham mehnat ta’tili yozgi mavsumda to‘liq davomiylikda berilishi shart. Ya’ni 56 kalendar kun hisobida qolgan o‘qituvchilar bilan bir xil muddatda. Lekin to‘lovi borasida unday bo‘lmaydi. Ta’til puli o‘sha o‘qituvchining ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda beriladi. Bu e’tibor bering, o‘qituvchining birinchi ish yilidagi ta’tiliga tegishli.
O‘qituvchining ikkinchi va undan keyingi ish yillari bo‘yicha esa shubhasiz, mehnat ta’tili puli to‘liq to‘lanadi. Ta’til qaysi vaqtda berilishidan qat’iy nazar.
Mehnat kodeksi 227-modda