TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish boshlandi - Ta’lim / Образование

TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish boshlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

toefl

Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 13-sentyabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.



❗️ Imtihon 14-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi.

TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)



Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m.

Ma’lumot o‘rnida: TOEFL ITP sertifikati xalqaro tan olingan sertifikat bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

 



Leave a Reply