Pedagog xodimlarga ustama haq to‘lash tartibi - Ta’lim / Образование

Pedagog xodimlarga ustama haq to‘lash tartibi

Ustama haq pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda bilim berish sifati asosida har oylik tartibda belgilanadi.

Pedagog va boshqa xodimlarga ustama haq to‘lash tartibi

Ustama miqdori bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 40% gacha bo‘lishi mumkin.

Pedagoglar uchun ballga qarab ustama:
65–70 ball — 10%
71–75 ball — 15%
76–80 ball — 20%
81–85 ball — 25%
86–90 ball — 30%
91–95 ball — 35%
96–100 ball — 40%



Kutubxona xodimlari uchun:
65–75 ball — 10%
76–85 ball — 15%
86–100 ball — 20%

Psixologlar uchun:
65–75 ball — 10%
76–85 ball — 15%
86–100 ball — 20%

Eslatma: Ustama yangi o‘quv yili uchun, o‘tgan o‘quv yili yakunlariga asosan, Jamg‘arma hisobidan belgilanadi.



Ustama tayinlash qachondan boshlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Ustama olishga da’vogar pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining arizalariga muvofiq ularning faoliyati o‘rganib chiqiladi va ustama tayinlash, yoki tayinlamaslik bo‘yicha qaror chiqariladi.



Demak, Ishchi guruh tomonidan ustama tayinlash jarayoni 25-maydan so‘ng tashkil qilinadi va o‘rganishlar olib boriladi. Ustama tayinlash bo‘yicha ishchi guruh qarori 1-iyulga qadar chiqrilishi shart.

Ariza topshirishni 15-maydan boshlash tavsiya etiladi. Ustama uchun ariza namunasi quyida yuklab olishingiz mumkin.

Diqqat! Umumta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligidan qat’iy nazar, ularning faoliyati Nizom talablariga mos kelgan taqdirda ustama belgilanadi.