Maktab rahbar xodimlari, MTT direktorlari har oyda 30% ustama olishlari mumkin - Ta’lim / Образование

Maktab rahbar xodimlari, MTT direktorlari har oyda 30% ustama olishlari mumkin

Maktab rahbar xodimlari hamda MTT direktorlari har oyda 30 foiz ustama olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.12.2023 yildagi 681-son Qarorining 2-bandiga binoan 2024 yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

— maktab direktorlariga — 50 foiz;
— maktab direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz.



Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2024 yildagi PQ-231-son Qaroriga 2-ilovasiga muvofiq, 2024 yil sentyabrdan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan direktorlariga har oylik 30 foiz miqdorida ustama haq to‘lanadi.