O‘qituvchilarning oylik maoshidan daromad solig‘i ushlab qolinmaydimi? Ushbu savolga malakali huquqshunoslar javob berishdi.
Savol: Men maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayman. Meni oylik maoshimdan daromad soligʻi ushlab qolinmaydimi?
Huquqshunos javobi: Sizning ish haqingizdan daromad solig‘i undiriladi.
Soliq kodeksining 378-moddasida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari, boshqacha aytganda soliqdan ozod qilingan daromadlari ro‘yxati keltirilgan. Ushbu ro‘yxat qatorida ish haqi mavjud emas.
Shu sababli, siz ish haqingizdan daromad solig‘ini ushbu kodeks 381-moddasiga binoan 12 foiz miqdorda to‘lashingiz kerak.