Endi maktab va bog‘cha atrofida tezlik maxsus moslamalar yordamida nazorat qilinadi - Ta’lim / Образование

Endi maktab va bog‘cha atrofida tezlik maxsus moslamalar yordamida nazorat qilinadi

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Endi maktab va bog‘cha atrofida tezlik maxsus moslamalar yordamida nazorat qilinadi

Endi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 km/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xabar berdi.



Qayd qilinishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Avvalroq, qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham aniqlashi joriy qilingani haqida xabar berilgan edi.