Maktab o‘quvchilari uchun qishgi ta’til qachon boshlanadi? - Ta’lim / Образование

Maktab o‘quvchilari uchun qishgi ta’til qachon boshlanadi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til kunlarini e’lon qildi.

Maktab o‘quvchilari uchun qishgi ta’til qachon boshlanadi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.

Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.

2026-yil 11-yanvaryakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.


Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, maktabda ta’tillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

— kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

— qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

— bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

— yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.


Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

 


Leave a Reply