Uyda dars oʻtuvchi oʻqituvchining majburiyati qanday? - Ta’lim / Образование

Uyda dars oʻtuvchi oʻqituvchining majburiyati qanday?

Uyda dars oʻtuvchi oʻqituvchining majburiyati qanday? Sahifada ushbu savolga javob topasiz.

uy ta'limi Uyda dars  oʻtuvchi oʻqituvchining majburiyati qanday?

Uyda yakka tartibda taʼlimni tashkil etishda oʻqituvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

– oʻquvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda oʻquv dasturlarining oʻzlashtirilishini taʼminlash;

– oʻquvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini taʼminlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;



– oʻquvchining maʼnaviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuygʻularini tarbiyalash;

– oʻquvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;

– dars mashgʻulotlariga oid boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida yuritish hamda oʻquvchining oʻzlashtirishi boʻyicha baholash daftariga qoʻyilgan baholarni sinf jurnaliga yoki oʻquvchilarning davomati va oʻzlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.