Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi.
30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
Tavsiyanoma kimlarga beriladi?
- Kam ta’minlangan oila farzandi bo’lgan qizlarga;
- Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
- Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
- 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
- Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
- Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.
Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.